Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yan Tex Invest”ning sifatli mahsulotlari
19:01 / 2020-12-16

Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi “Yan Tex Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati gazlama mato va choyshab ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

«Asaka» bank tomonidan yo‘naltirilgan 16 million dollardan ziyod mablag‘ evaziga tashkil etilgan korxonada Xitoy, Janubiy Koreya va Italiyadan keltirilgan to‘quv uskunalari o‘rnatilgan. 

[gallery-471]

Ushbu texnologiyalar yiliga 12 million pogono metr gazlama mato va 600 ming komplekt choyshab ishlab chiqarish, 6 million dollarlik mahsulot eksport qilish imkonini beradi.

Ayni paytda korxonada 200 dan ziyod kishi ish bilan ta’minlangan.

Temur MAMADAMINOV (surat), O‘zA