Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yamanning oziq-ovqat mahsulotlari ikki oy ichida tugashi mumkin
12:01 / 2018-09-24

Yamandagi tartibsizliklar oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy hayot deyarli izdan chiqqan, aholi turmush-tarzi halokat yoqasiga kelib qolgan.

Yamandagi tartibsizliklar oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy hayot deyarli izdan chiqqan, aholi turmush-tarzi halokat yoqasiga kelib qolgan.

“CARE International” xayriya tashkiloti rahbarining aytishicha Saudiya koalitsiyasi tomonidan uyushtirilayotgan havo hujumlari oqibatida Yamanning gumanitar yordamlar yetkazib turiladigan eng asosiy porti yopib qoʻyilishi mumkin. Bu aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda jiddiy muammo tugʻdiradi va taxminan ikki-uch oy gumanitar yordam uzilib qolish ehtimoli bor.

“Agar Hudeyda porti yopiladigan boʻlsa yamanliklar uchun zaxira oziq-ovqat ikki oyga yetishi mumkin, ammo undan koʻpga emas” – deydi “CARE International” xayriya tashkilotining Yaman boʻyicha rahbari Johan Muij.

Ayni paytda 8 million Yaman aholisi ochlikdan aziyat chekmoqda, bunga BMT tomonidan dunyodagi eng yirik gumanitar inqiroz, deya taʼrif berilmoqda.

Koʻplab xalqaro tashkilotlar agar ushbu havo hujumlari davom etadigan boʻlsa mamlakatning qolgan qismidagi aholi hayoti ham izdan chiqishi va butun mamlakat halokat yoqasiga kelishi haqida ogohlantirmoqda.

“Aholi uchun oziq-ovqat, ichimlik suvi yoki dori-darmonlarni yetkazib berishga boʻlgan har qanday, hattoki eng kichik qarshilik ham millionlab bolalarni nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin” deydi Xalqaro bolalarni himoya qilish tashkilotining Yaman boʻyicha direktori Tamer Kirolos.