English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yamandagi qurolli hujumlar sabab 22 nafar tinch aholi halok boʻldi
12:52 / 2019-03-12

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiya tomonidan qilingan havo hujumlari oqibatida Yamanning shimoliy qismida kamida 22 nafar fuqaro, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlganligi haqida xabar bergan.

Yamandagi BMTning insonparvarlik koordinatori tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Kushar tumanining Hajja provinsiyasida sodir etilgan hujumlar oqibatida 10 nafar ayol va 12 nfar bola halok boʻlgan. Bundan tashqari, 30 kishi ogʻir tan jarohati olgan. Jarohatlanganlarning 14 nafari 18 yoshga toʻlmagan oʻspirinlar.

“Jarohatlangan bolalarning aksariyati Abs tumanidagi va Sanaadagi shifoxonalarga yuborilgan. Bir necha odamlar hayotini saqlab qolish uchun ularni voqea joyidan evakuatsiya qilish zarur”, dedi BMTning Yamandagi muvofiqlashtiruvchi vakili Liza Grande oʻz bayonotida.