Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yamanda muhojirlar va baliqchilar kemasi halokati oqibatida 150 kishi halok bo‘ldi
10:13 / 2021-06-15

Yaman qirg‘oqlarida muhojirlarning kemasi halokatga uchraganidan keyin hodisa joyidan 150 nafar kishining jasadi topildi.

“Al Hadath” kanali ma’lumotiga qaraganda, noqonuniy muhojirlar Afrikadan Yamanning Al-Ara bandargohi tomon harakatlanayotgan bo‘lgan.  

Quruqlikka yaqin qolganida muhojirlar kemasi baliqchilarning kemasi bilan to‘qnashishi natijasida ag‘darilib ketgan.  

“Asharq al-Awsat” gazetasi, avvalroq, xalok bo‘lganlar miqdori 25 nafarligini xabar qilgan. Kemada jami 400ga yaqin noqonuniy muhojir bo‘lgani aytilmoqda.