French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yamanda 5 millionga yaqin odam uyini tashlab chiqqan
14:49 / 2025-05-06

Yaman davlatida uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan oilalar xavfsizligini ta’minlash uchun shoshilinch yordam zarur. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi (UNHCR)ma’lum qildi.

– Yamanda 4,8 million kishi ichki darajada ko‘chirilgan. Ularning ko‘pchiligi bir necha marta qochishga majbur bo‘ldi, – deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, xavfsiz boshpana topish deyarli imkonsiz, evakuatsiya xavfi o‘sishda davom etyapti. Shu munosabat bilan yamanlik oilalarni himoya qilish uchun zudlik bilan qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.