Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaman tashqi ishlar vazirligi BMTni xusitlarning moliya tarmoqlarini taqiqlab qo‘yishga chaqirdi
12:48 / 2021-09-24

BMT isyonchi xusitlarning moliya tarmoqlarini taqiqlab qo‘yishi kerak, alohida shaxslar uchun qo‘llanilayotgan sanksiyalar samara bermaydi, deb bayonot berdi Yaman tashqi ishlar vaziri Ahmad Avad bin Muborak RIA Novostiga bergan intervyuda.

"Sanksiya allaqachon joriy qilingan. Mening fikrimcha, ulardan samarali foydalanish kerak. Demoqchimanki, alohida shaxslarga emas, balki ularning moliya tarmog‘iga qarshi sanksiya joriy qilinishi kerak", - dedi vazir.

Diplomatning ta’kidlashicha, BMT va xalqaro hamjamiyat o‘t ochishni to‘xtatishi uchun xusitlarga yanada kuchliroq bosim o‘tkazishi lozim. Uning aytishicha, BMT xavfsizlik kengashi ushbu maqsad uchun bor imkoniyatini va vositalarini ishga solishi kerak bo‘ladi.  

Yamanda qurolli mojarolar 2014 yildan buyon davom etib kelmoqda. Saudiya Arabistoni rahbarligidagi Arab koalitsiyasi Yaman prezidenti Abda Rabbo Mansur Xadi qo‘shinlarining isyonchi xusitlarga qarshi kurashini  qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.