English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaman armiyasi AQSH kemalariga hujum qildi
12:00 / 2024-12-02

Yaman Qurolli kuchlari matbuot kotibi, brigada generali Yahyo Sariy Amerikaning to‘rt harbiy kemasi, jumladan Arab dengizi va Adan ko‘rfazidagi kemaga ham hujum uyushtirilganini e’lon qildi.

– Yaman tomonidan misli ko‘rilmagan qo‘shma amaliyot boshlanib, Amerikaning “vayron qiluvchi vositasi” va uch asosiy ta’minot kemasi “Stena Ipeccable”, “Maersk Saratoga” va “Liberty Greys” nishonga olindi, – dedi Sariy mahalliy Al-Masira’ telekanaliga bergan bayonotida.

16 ballistik va qanotli raketa va dron yordamida amalga oshirilgan operatsiya nishonlarni aniq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri urish orqali muvaffaqiyatli yakunlangani aytilgan.

Mulozim ushbu harakat “mazlum Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash, sionistlarning G‘azo sektoridagi jinoyatlari hamda Amerika va Britaniyaning Yamanga qarshi tajovuziga javob” ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, mazkur “sionistlar va AQSHga qarshi e’lon qilingan” harbiy-dengiz amaliyoti shiddat bilan davom ettirilishi qo‘shimcha qilingan.