Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaman 11 marta havo hujumiga uchradi
13:00 / 2024-02-05

AQSH va Buyuk Britaniya Yaman janubi-g‘arbidagi Toiz shahridagi aloqa tarmog‘iga 11 marta havodan hujum uyushtirdi. Bu haqda “Al-Masiroh” telekanalining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

“Ansorulloh” harakati harbiy matbuot kotibi Yahyo Seri yozishicha, so‘nggi bir necha soat ichida Amerika va Britaniya samolyotlari Yamanning turli shaharlariga 48 bor zarba bergan. Shu bilan birga Seri hujum javobsiz qoldirilmasligini ham ta’kidlagan.  

Avvalroq Pentagon AQSH va Buyuk Britaniya Yamanning 13 hududidagi Ansorullohning 36 ta nishoniga havodan zarba bergani haqida xabar bergan edi. Amaliyot xusiylarning Qizil dengizdagi kemalarga hujumi munosabati bilan ko‘rilgan javob chorasi, deya ta’kidladi departament.