Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yalla” guruhi tomonidan yaratilgan qo‘shiqqa bag‘ishlangan hujjatli film
16:47 / 2021-06-11

Madaniyat, san’at xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. San’at millat tanlamaydi, uni dilga yaqinligi, orombaxshligi bilan qalban his qilasiz.

“Yalla” vokal-cholg‘u ansambli va rus kompozitori Aleksey Ribnikov tomonidan mashhur hind shoiri, adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi Rabindranat Tagorning “So‘nggi she’r” she’ri asosidagi qo‘shiqni tayyorlash bo‘yicha qilingan ijodiy hamkorlikka bag‘ishlangan hujjatli film yaratildi. Dubayda mazkur filmning namoyishi bo‘lib o‘tdi.  

Premera mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Rossiya va Hindiston diplomatiya vakolatxonalari hamda loyiha moderatori, hindistonlik madaniyat arbobi Shuvra Chakraborti bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Film namoyishi avvalida O‘zbekiston Bosh konsuli Alisher Salomov madaniyat dunyo xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashda asosiy omillardan biri ekanini ta’kidladi.

Filmda qo‘shiqning yaratilishi, “Yalla” guruhining ijodiy faoliyati va ushbu musiqiy kompozitsiyani yaratishda turli xalqlar vakillarining o‘zaro samarali hamkorligi haqida hikoya qilingan.

Namoyishda ishtirok etganlar “Yalla” guruhi ijodi hamda film haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  

 

Muhtarama Komilova, O‘zA