Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yakshanba” Boku festivalida navbatdagi mukofotni qabul qildi
13:55 / 2024-10-11

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Yakshanba” filmi Boku xalqaro kinofestivalida taqdirlandi. Rejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan film festivalda “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Ushbu kartina bobo va buvi o‘rtasidagi samimiy va beg‘ubor insoniy munosabatlarni ko‘rsatib bergani, hayot haqiqatlari oddiy va ta’sirchan tarzda tomoshabinga yetkazilgani bilan ahamiyatli.  

Aytish kerakki, ushbu kartina bundan avval ham bir qator xalqaro festivallarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan.   

O‘zA