Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yakkatut qishlog‘ilik milliarder (+video)
14:15 / 2026-01-08

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi Yakkatut qishlog‘i qo‘shni Tojikiston bilan chegarada, viloyat, tuman markazidan ancha olisda joylashgan. Qishloq odamlari mehnatsevar va iqtidorli. Mana, Jahongirni olaylik. Uni qishloqdagi milliarderlarning biri deyishadi.

Aslida Jahongir ko‘p qatori oddiy oilada tarbiya topgan qishloqning to‘pori yigitlaridan. Ammo izlanuvchan. Yoshman, demasdan qat’iy qarorlar qabul qildi. Omad yor ekan, hozir katta jamoaga bosh.

– Dastlab uy sharoitida mevani quritib, Qozog‘istonga olib borib yurdim. 2018 yilda berilgan imkoniyatlardan foydalanib, “Beshariq agro eksport” MCHJ tashkil etdim, – deydi uning rahbari Jahongir Nosirov. – Hozir korxonamizda 50 ta doimiy 450 nafar kasanachi ishlaydi. 

Ishni o‘rik quritish, so‘ng undan bargak tayyorlash, keyin olcha, olxo‘ri, olma, shaftoli... boringki, bodom-u yong‘oqqacha qayta ishlab, sifat kiritib, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” degan tamg‘a bilan qadoqlab. Yakkatut bog‘laridagi sarxil mevalarni xorijiy bozorlarga yetkazaman, deb dunyo kezdi.

– O‘tgan yili Germaniya va Xitoydagi hamkorlar bilan eksport shartnomalari tuzdim. Dekabr oyida viloyat delegatsiyasi bilan Quvaytga borganimizda quritilgan bargak, olxo‘ri, yong‘oq mag‘izlari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdik.

Mevani yuvish, saralash, quritadigan zamonaviy uskunalarni o‘rnatgani ish berdi. O‘zbekiston quyoshidan bahra olgan, suvi va barakali tuprog‘idan sifatlangan mevalarga yakkatutlik qishloqdoshlari mehrini qo‘shdi. Natija esa darhaqiqat hayratlanarli. Jahongir mahalladoshlarini birlashtirib ochgan korxona Yevropa bozoridan muqim joy oldi.

– 2018 yildayoq Rossiya va Ukrainaga, keyin Yevropaning Polsha. Italiya. Germaniya kabi davlatlariga eksport qila boshladim. 2023 yildan 1 mln, 2024 yildan 2 mln, o‘tgan yili esa 3 mln dollarlik quruq mevalarni eksport qilishga erishdim. Bu yil esa eksportni 5 mln dollardan oshirishga imkoniyatimiz bor, – deydi Jahongir Nosirov.

Xalqimiz iqtidorli. Unga faqat sharoit, adolatli qonun va uning amaliyoti kerak.  

– Muhtaram Prezidentimizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Chunki biz tadbirkorlarga qulay sharoit yaratib berdilar. Undan unumli foydalinib, bu yil polshalik hamkor bilan birgarlikda mevali shirinliklar ishlab chiqarish zavodi qurmoqchimiz. Uning loyiha qiymati 15 mln dollar. Bizga Beshariq kichik sanoat zonasidan yer ajratib berishdi.  

Jahongir Nosirov 2025 yilda 2 ming tonnadan ziyod quritilgan mevani qayta ishlab, chet ellarga eksport qildi. U qishloq milliarderlarining biri, xolos. Kelgusi lavhalarda yakkatutlik yangi zamonning yangi iqtidorlari haqidagi hikoyamizni davom ettiramiz.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hd4-Ui-qf08" title="Yakkatut qishlog`ilik milliarder" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA