Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda bo‘lib, o‘rganishlar olib bormoqda, aholi vakillari bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning muammolarini, murojaatlarini o‘rganmoqda.
Jumladan, O‘zMTDP fraksiyasi a’zosi Vasila Fayziyeva partiyaning Toshkent shahar kengashi vakillari hamrohligida Chilonzor tumanidagi Yakkatut mahallasi faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, mahallada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarining 80 foizi ijobiy hal etilgan. Voyaga yetmaganlarning 16 nafari kasb-hunarga yo‘naltirilgan. Yana bir nechta fuqaroga biznesini boshlashi uchun kredit olishda ko‘mak berilgan. Mahalla mutasaddilari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Deputat mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Bunda aynan “yettilik”ning xizmati katta bo‘layotgani e’tirof etildi. O‘z navbatida, mahalla yettiligi faoliyatining yanada samarali bo‘lishi uchun zarur tavsiyalar berildi.
M.Komilova, O‘zA