Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yakkasaroyda Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ishga tushdi
17:56 / 2022-04-06

Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazining 700 kvadrat metr maydonga ega yangi binosi o‘z faoliyatini boshladi.

Ma’lum qilinishicha, bino davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida bunyod etilgan va zamonaviy IT-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan

Endi markazda murojaatchilarga bir vaqtning o‘zida 184 dan ortiq turdagi xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi. Bu yerda elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish va salomatlik burchaklari, bolalar maydonchasi hamda mini-kutubxona tashkil qilingan. Tashrif buyuruvchilar xizmatlardan mustaqil foydalanishlari shuningdek, turli imkoniyatlardan xabardor bo‘lishlari uchun axborot stendlari va posterlar  ham qo‘yilgan.

Markaz nafaqat tumandagi 116 mingga yaqin aholiga, balki  eksterritorial tamoyili asosida Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan fuqarolarga ham xizmat ko‘rsatadi.

Markazda elektron navbat tizimi bilan integratsiya qilingan maxsus platforma mavjud. Uning yordamida mijozlar xizmat ko‘rsatish jarayoni va xizmat ko‘rsatgan xodimni baholashi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, hozirda Toshkent shahrida 12 ta Davlat xizmatlari markazi mavjud bo‘lib, ularning oltitasi zamonaviy jihozlangan binolarga ega.

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
Toshkent shahar boshqarmasi