Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yakkasaroy tumanida Oliy sud raisining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
16:18 / 2026-02-11

So‘nggi yillarda aholi murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga oson va tez yechim topish maqsadida rahbar xodimlarning sayyor qabullarini tizimli tashkil qilish yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan rahbarlarning quyi qatlamga alohida e’tibor qaratishi natijasida aholini qiynayotgan ko‘plab dolzarb masalalar o‘zining ijobiy yechimini topib kelmoqda.

Ana shunday islohotlarning mantiqiy davomi o‘laroq, Yakkasaroy tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islomov boshchiligida sayyor qabul tashkil etildi.

Xalq bilan bevosita muloqot, muammolarni joyida o‘rganish va tezkor yechim topish tamoyili asosida o‘tgan sayyor qabulda tuman mas’ullari, fuqarolar va yoshlar faol ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida sud-huquq masalalari, ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlik va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar batafsil ko‘rib chiqilib, har bir murojaat individual yondashuv asosida tahlil qilindi. Mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, uning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Qator masalalar joyida ijobiy hal etilgani esa aholi kayfiyatini yanada yaxshilashga sabab bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, bunday ochiq va shaffof muloqotlar aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, eng muhimi, fuqarolar manfaatini himoya qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Sherbek Islomov, O‘zA