Muallimlariga esa maishiy texnikalar, maktab kutubxonasiga yangi kitoblar, tumandagi ta’lim muassasalari va mahallalar yoshlariga 20 turdagi sport anjomlari sovg‘a qilishdi.
Inson ulg‘ayib, dunyoning qay burchagiga bormasin, qadrdon maktabi doim yodida bo‘ladi. Hayotda erishgan har bir yutug‘i uchun unga ta’lim bergan muallimlaridan hamisha minnatdor bo‘ladi. Ulardan o‘zini qarzdordek his etadi.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev sinfdoshlari bilan o‘zlari ta’lim olgan Yakkabog‘ tumanidagi 83-maktabni ta’mirlab bergani bunga yorqin hayotiy misol bo‘la oladi.

Sobiq bitiruvchilarning ustozlari va tuman yoshlari bilan muloqotida ham maktab – har bir inson uchun ikkinchi uy ekani ta’kidlandi.


Aziz xotiralar, samimiy va dilkash suhbatlar asnosida muallimlarga maishiy texnikalar, 83-maktab kutubxonasiga yangi kitoblar, tumandagi ta’lim muassasalari va mahallalar yoshlariga 20 turdagi sport anjomlari sovg‘a qilindi.
O‘zA