French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yakkabog‘da 197 million so‘mlik asossiz penya foizlari bekor qilindi
11:59 / 2026-03-04

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida iste’molchining qonuniy huquqlari tiklandi.

Aniqlanishicha, tuman fuqarosi 2021-yilda turar joy sotib olish maqsadida tijorat bankining mahalliy filialidan 700 million so‘m miqdorida kredit olgan. Keyinchalik 2024-2025-yillar uchun kredit bo‘yicha 197 million so‘m penya va foizlar hisoblangan.

Fuqaro mazkur qarzdorlik asossiz ekanini bildirib, bankka murojaat qilgan. Biroq masala joyida ijobiy hal etilmagan. Shundan so‘ng u tegishli jamoatchilik tuzilmasiga amaliy yordam so‘rab murojaat etgan.

Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, kredit hisob-kitoblari qayta tahlil qilindi. Natijada 197 million so‘m miqdoridagi penya foizlari noto‘g‘ri hisoblangani aniqlandi hamda ushbu mablag‘ bekor qilindi. Shu tariqa iste’molchining huquq va qonuniy manfaatlari tiklandi.

Mutaxassislar qayd etishicha, fuqarolarning moliyaviy munosabatlardagi huquqiy xabardorligini oshirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar izchil davom ettirilmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri