English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yakkabog‘da xususiy maktab ish boshladi
12:17 / 2019-09-04

Eng ulug‘ eng aziz ayyom munosabati bilan Yakkabog‘ tumanida “Sirli buloqcha“ nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qoshida nodavlat maktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.


Eng ulug‘ eng aziz ayyom munosabati bilan Yakkabog‘ tumanida “Sirli buloqcha“ nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qoshida nodavlat maktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Nodavlat maktabni ilk qaldirg‘ochlari sifatida 25 nafar o‘quvchi birinchi sinfga qabul qilindi.

Ularga ilk mustaqillik darsini Yakkabog‘ tumani hokimi Abdurasul Safarov o‘tdi.

Ushbu xayrli tashabbus tadbirkor Mahzuna Ahmedova tomonidan amalga oshirilmoqda. “Sirli buloqcha“ nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joriy yilning may oyida foydalanishga topshirilib, 60 nafar bola tarbiyalanayotgan edi. Xususiy maktab loyihaning ikkinchi bosqichi hisoblanadi.

Rus va ingliz tilida ta’lim olib borilishi mo‘ljallangan maktabda bolajonlarning sifatli ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki ushbu maktab tumanda birinchi, viloyatda uchinchi xususiy maktab hisoblanadi.