Markaziy bank tomonidan "To‘lovlarni amalga oshirishda yagona QR-koddan foydalanish qoidalari" loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaga ko‘ra, bir QR-kod orqali turli bank va to‘lov ilovalarida to‘lov qilish imkoniyati yaratiladi. To‘lovlarda statik va dinamik QR-kodlar qo‘llanilib, dinamik QR-kod har bir operatsiya uchun alohida yaratiladi.
QR-kod orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlar markazlashtirilgan holda hisobga olinadi va real vaqt rejimida monitoring qilinadi. Tadbirkorlar bilan ishlovchi banklar QR-kodning almashtirilishi yoki soxtalashtirilishi holatlarining oldini olish choralarini ko‘radi.
To‘lovchi QR-kodni skanerlab, to‘lov rekvizitlari bilan tanishgan holda to‘lovni mustaqil tasdiqlaydi. Mijozlar tranzaksiya holati, onlayn xabarnoma va murojaat yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bir QR-kod orqali har qanday to‘lov xizmatlari (bank, mobil to‘lov ilovalari) bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi. Shu bilan foydalanuvchilar do‘kon yoki xizmat nuqtasiga bir nechta QR-kodlarni joylashtirishni talab qilmaydi.
To‘lovlarda statik va dinamik QR-kodlar qo‘llaniladi — dinamik QR-kodlar har bir operatsiya uchun alohida yaratiladi. QR-kod orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlar markazlashtirilgan holda hisobga olinadi va real vaqt rejimida monitoring qilinadi.
Tadbirkorlar bilan ishlovchi banklar QR-kodning almashtirilishi yoki soxtalashtirilishi kabi holatlarga qarshi samarali texnika va xavfsizlik choralarini ko‘radi.
To‘lovchi QR-kodni skanerlab, to‘lov rekvizitlari bilan tanishib, to‘lovni mustaqil ravishda tasdiqlaydi, shuningdek tranzaksiya holati, onlayn xabarnoma va murojaat yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yagona QR-kod tizimi bilan to‘lovlar nafaqat soddalashadi, balki biznes uchun ham tushunarli va qulay shart-sharoit yaratiladi. Shu bilan birga, 2026 yildan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari uchun yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy tizim bo‘lib kirishi ham rejalashtirilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA