Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali byudjet to‘lovlarining 24/7 rejimida ishlash tartibi joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank o‘rtasida Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali byudjet to‘lovlarining 24/7 rejimida ishlash tartibi joriy etildi. Bu haqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tushumlar, soliq daromadlari va aholi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarning kelib tushishi va xarajatlarning amalga oshirilishi dam olish va bayram kunlari, tong yoki tun bo‘lishidan qat’i nazar, 24/7 rejimda onlayn ta’minlanadi.
Bu esa o‘z navbatida, aholi tomonidan to‘langan to‘lovlarni tegishli byudjet tashkilotlarida o‘z vaqtida ko‘rish imkoniyatini yaratadi.
Deylik, shanba yoki bank ish kuni soat 17:00 dan so‘ng to‘langan kontrakt to‘lovlari ham tegishli universitet shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kirim qilinishi ta’minlanadi. Shu bilan birga, byudjet to‘lovlari ham shu tartibda amalga oshiriladi.
O‘zA