Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yagona bank kodi – MFO bank va mijoz manfaatiga xizmat qiladi
11:34 / 2023-11-28

Mikrokreditbank tomonidan raqamlashgan zamonaviy bank biznesi va xizmatlari joriy qilish ishlari olib borilmoqda.

Bu chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi hamda 2020 yil 5 maydagi “Raqamli O‘zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Mijozlarga sifatli va zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish maqsadida, xorijiy konsalting kompaniyasi “PricewaterhousCoopers“ bilan hamkorlikda bank strategiya ishlab chiqildi. Unda bankning texnologik infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda bank operatsiyalarini markazlashgan holda amalga oshirish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.  

Bunda bankning barcha biznes jarayonlari va xizmatlari mijozlar manfaatiga yo‘naltirilgan bo‘lishi asosiy maqsad qilingan. Shu asosda joriy qilingan yagona MFO texnologiyasi bir vaqtning o‘zida mijoz va bank uchun qator afzalliklarga egaligi bilan ahamiyatlidir.  

Ayni paytda Mikrokreditbank tasarrufidagi 20 ta Bank xizmatlari ofisi, 119 ta Bank xizmatlari markazlari yagona MFOga o‘tish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi.  

Bunda Markaziy bank tomonidan har bir BXM, BXOlar uchun berilgan lokal kodlari evaziga bankning bank markazlari soni jami 139 taga ajratilib, har bir BXM (BXO)lar daromad xarajatlari alohida balans ko‘rinishga keltirildi.  

Operatsion harajatlarni kamaytirish nuqtai nazaridan “Mikrokrkeditbank” ATB tizimida zararda ishlayotgan BXM (BXO)lar faoliyatini tugatishda ortiqcha xarajatlarsiz amalga oshirish imkoniyati ham yaratilgan.

Bundan tashqari, masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali mijoz bankning istalgan bo‘limidan ochilgan o‘z hisobraqamlarini erkin tasarruf qilish imkoniyatiga ega buladi. Mijoz bankning bir bo‘limidan istalgan boshqa bo‘limiga o‘tganida uning hisobraqamlari o‘zgarmaydi, faqat mijoz o‘tgan hudud xodimlariga uning hisobraqamlari bilan ishlash vakolati beriladi.  

Shuningdek, mijoz bankning bir hududdagi shoxobchasida boshlagan jarayonni (masalan, kredit olishda) ushbu bankning istalgan boshqa hududdagi bo‘limlarida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mijozlar tomonidan bozor talabidan kelib chiqib mijozlarga qulay joylarda tezkorlik bilan  savdo nuqtalari tashkil etish, manzilini o‘zgartirish va qayta tashkil etish imkoniyatini beradi hamda bank transformatsiyasigacha bo‘lgan samarasiz tarmoqlangan boshqaruv tizimidan yuqori samarali markazlashgan boshqaruv tizimiga o‘tkaziladi.  

Bir so‘z bilan aytganda, bankda Yagona MFO texnologiyasining joriy qilinishi mijozlar uchun imkon darajasida qulaylik yaratilishiga, xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.  

 

Jo‘rabek Sa’dullayev,

Bank Buxgalteriya hisobi departamenti direktori.  

Reklama huquqi asosida