Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yadroviy poyga jadallashdimi?
00:07 / 2026-02-21

Bugungi xalqaro siyosiy vaziyat ko‘plab tahlilchilarni dunyo amalda yangi sovuq urush bosqichiga, hatto ikkinchi yadroviy poyga davriga kirgani haqida xulosa chiqarishga undamoqda. XX asrdagi qurollanish raqobati asosan AQSH va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi miqdoriy kurash bilan cheklangan bo‘lsa, hozirgi vaziyat ancha murakkab va ko‘p qutbli tus oldi. Endi raqobat nafaqat yadro kallagi sonini oshirish, balki ilg‘or texnologiya, tezkor boshqaruv tizimi va strategik ustunlik uchun kurashish orqali ham namoyon bo‘lmoqda.

Yadro qurolini nazorat qiladigan xalqaro tizim izdan chiqmoqda. Xususan, “New START” (SNV-III) shartnomasi amalda ishlamayotgani strategik barqarorlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur kelishuvga ko‘ra, tomonlar joylashtirilgan strategik yadroviy kallak sonini 1550 dona bilan cheklash majburiyatini olgan. Nazorat mexanizmi yo‘qligi esa shaffoflikni kamaytirib, o‘zaro ishonchni susaytirmoqda. Ayrim davlatlar yadro maydoni va sinov infratuzilmasini qayta faollashtirayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa global xavfsizlik tizimi jiddiy inqirozga yuz tutganini anglatadi.

Yadroвий портлашdan кейинги biriнчи соатда қандай жон сақлаш керак?

 

 

 

 

 

 

Eng xavotirli jihatlardan yana biri yadroviy doktrinalardagi o‘zgarishlardir. Rossiya o‘z strategiyasiga kiritgan so‘nggi tuzatishda “davlat suverenitetiga jiddiy tahdid tug‘diruvchi, hatto oddiy qurol bilan amalga oshirilgan hujumga ham yadroviy javob qaytarish ehtimoli bor”ligini ta’kidlagan. Demak, yadro qurolidan foydalanish darajasining chegarasi yemirilgan.

Xitoy yadroviy zaxirasini jadal sur’atda mustahkamlamoqda. Turli baholarga qaraganda, Pekin yaqin yillarda 1000 dan ortiq kallakka ega bo‘lishni maqsad qilgan. Ayni holat Vashingtonni bir vaqtning o‘zida ham Moskva, ham Pekin bilan strategik muvozanatni saqlashga majburlamoqda.

Texnologik jihatdan ham yadroviy poyga yangi bosqichga ko‘tarildi. Giper tovushli raketa yaratilishi va bunday qurilmani boshqarishda sun’iy intellektdan foydalanilishi qaror qabul qilish vaqtini keskin qisqartiradi. Ayrim holatlarda javob qaytarish uchun bir necha daqiqa vaqt qolishi mumkin. Bunday sharoitda muayyan texnik nosozlik yoki noto‘g‘ri talqin qilingan signal global miqyosda halokatli oqibatga olib kelishi xavfi ortadi. Ayni vaziyat ayrim davlatlar, jumladan Janubiy Koreya va Yaponiyani o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun mustaqil yadroviy imkoniyat haqida o‘ylashga undamoqda.

Xullas, yadroviy masalada ko‘p tomonlama nazoratni tiklash, o‘zaro ishonchni mustahkamlash hamda yangi global xavfsizlik tizimini yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifasiga aylangan.

Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA