Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yadro tibbiyotiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
15:07 / 2024-12-20

Buxoro davlat tibbiyot institutda “Yadro tibbiyoti va tibbiy radiologiyaning dolzarb muammolari: o‘sma kasalliklarda nur terapiya usullarini qo‘llash va samaradorligini baholash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirda dunyoning yigirmadan ortiq davlatlaridan ellikka yaqin professorlar, tadqiqotchi olimlar va mamlakatimizdagi tibbiyot hamda ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.  

Ta’kidlash joizki, mazkur anjuman yangi yo‘nalish yadro tibbiyoti sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, bir qator onkologik, kardiologik, nevrologik va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni tashxislash va davolashda yadro texnologiyalarini qo‘llashga qaratilgan.  

Yadro tibbiyoti bu kasalliklarni, shu jumladan, hujayralar, to‘qimalar va organlarning shikastlanishining dastlabki bosqichlarini aniqlash va davolash uchun radio-farmatsevtika vositalaridan foydalanadigan fundamental va amaliy tibbiyot sohasi hisoblanadi. Yadro tibbiyoti asosan, onkologiya, kardiologiya, nevrologiya va neyroxirurgiya, gepatologiya, urologiya va nefrologiya, pulmonologiya, endokrinologiya, gematologiya, allergologiya, pediatriya, immunologiya, travmatologiya va tibbiyotning boshqa sohalarida qo‘llanadi.  

Anjumanda olimlar tomonidan ma’ruzalar hamda mahorat darslari tashkil etiladi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.