Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ы operatsiyasi: “Yirik biznes” fosh qilindi
10:36 / 2025-10-08

Buyuk Britaniya politsiyasi xalqaro miqyosdagi telefon o‘g‘rilari to‘dasini fosh etdi. Tergovchilar guruh bir yil ichida 40 000 ta o‘g‘irlangan mobil telefonni Xitoyga jo‘natganini taxmin qilmoqda.

London politsiyasi voqeani “qirollik tarixidagi eng yirik telefon o‘g‘irligi amaliyoti” deb atadi. Ish bo‘yicha 18 kishi hibsga olingan, 2 000 dan ortiq o‘g‘irlangan qurilma topilgan.

BBC xabar berishicha, tergov bir yil avval Xitrou aeroporti yaqinidagi omborxonadan topilgan bir dona “iPhone” bilan boshlangan. Keyin o‘sha joyda 894 ta o‘g‘irlangan telefon borligi aniqlandi.

Tergov davomida politsiya 28 manzilda tintuv o‘tkazdi va xalqaro miqyosdagi noqonuniy oldi-sotdi tarmog‘ini fosh etdi. Jinoyatchilar Londonning eng gavjum joylari, xususan “West End” va “Westminster” hududlarida faoliyat yuritgan.

So‘nggi yillari Londonda telefon o‘g‘irligi keskin ko‘paygan: 2020 yildagi 28 000 holat 2024 yil 80 000 ga yetdi. Hozir Buyuk Britaniyadagi barcha telefon o‘g‘irliklarining uchdan ikki qismi aynan poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.

Metropoliten politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, guruh asosan “Apple” mahsulotlarini nishonga olgan. O‘g‘rilar har bir “iPhone” uchun 300 funt sterlinggacha olgan. Xitoyda shunday qurilma 4 000 dollargacha sotiladi.

Politsiya shu tarmoq orqali Londonda o‘g‘irlangan telefonlarning yarmi Xitoyga chiqarilganini faraz qilmoqda.

– So‘nggi yillarda telefon o‘g‘rilari faoliyati shu darajada urchidi-ki, hatto,ko‘pchilik ushbu mashg‘ulotni deb “giyohvandlik savdosidan voz kechyapti, – deydi mamlakat ichki ishlar vaziri Sara Jons.

London politsiyasi ijtimoiy tarmoq orqali telefon o‘g‘irligiga qarshi kurashni targ‘ib qiluvchi video lavhalar tarqatmoqda. Salbiy holatlarni aniqlash maqsadida qo‘shimcha 80 nafar yangi xodim markaziy hududlarga joylashtirildi. Darvoqe, avvalroq byudjet tanqisligi sabab, kelasi yil tizimda 2 000 nafar zobit qisqartirilishi rejalashtirilgani ham aytilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA