French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XXX yozgi Universiada oʻyinlari gʻoliblari tantanali kutib olindi
18:05 / 2019-07-15

Xabaringiz bor, 3-14-iyul kunlari Italiyaning Neapol shahrida XXX butunjahon yozgi Universiada oʻyinlari oʻtkazildi.


Xabaringiz bor, 3-14-iyul kunlari Italiyaning Neapol shahrida XXX butunjahon yozgi Universiada oʻyinlari oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston sport delegatsiyasi ikkitadan oltin va kumush hamda toʻrtta bronza, jami sakkizta medal jamgʻargan holda norasmiy umumjamoa hisobida ancha yuqori boʻlgan 19-oʻrinni egalladi.

10 kun davom etgan ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning 112ta davlatidan kelgan jami 5 971 nafar sportchi 18 ta sport turi boʻyicha 222 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib bordi.

Bu safargi Universiada musobaqalari ayniqsa tennischilarimiz uchun omadli boʻldi. Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev juftligi musobaqaning oltin medaliga sazovor boʻlib, Oʻzbekistonga ushbu musobaqadagi tennis boʻyicha ilk medalni taqdim etishdi. Bundan tashqari Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida kumush medalga sazovor boʻldi. Bu natija tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolariga umumjamoa hisobida ham 1-oʻrinni qoʻlga kiritishiga zamin hozirladi. Musobaqa reglamentiga koʻra, tennis musobaqalarida gʻolib chiqqan jamoa yana bir oltin bilan taqdirlanadi. Shu tariqa hamyurtlarimiz ikkinchi oltin medalga sazovor boʻldi.

Bugun erta tongda kuni XXX yozgi Universiada qahramonlari, yaʼni tennischilarimiz yurtimizga qaytib keldi. Italiyadan yorugʻ yuz bilan qaytgan vakillarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

- Yarim finalga chiqqanimizdan keyin hamma bizdan oltin medal kutayotgandi. Soʻnggi oʻyinlardagi raqiblarimiz qanchalik kuchli boʻlmasin yurtimizga gʻalaba tuhfa etish istagi bizga kuch berdi. Bu barchamizning yutugʻimiz, Oʻzbekistonning, oʻzbek tennis maktabining katta gʻalabasi boʻldi. Ertaga Qozogʻistonga joʻnab ketamiz. Undan keyin Yevropa boʻylab oʻtkazilayotgan turnirlarda ishtirok etamiz. Ushbu musobaqalarda ham gʻolib chiqishga astoydil harakat qilaman, – dedi yozgi Universiada oʻyinlari oltin medali sohibi Humoyun Sultonov.