XXR xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlar uchun Yevropaga delegatsiya yubordi
Xitoy Mudofaa vazirligi Vengriya, Germaniya mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi va NATO qarorgohlarida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun delegatsiya yubordi. Bu haqda vazirlik “WeChat” ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
XXR Mudofaa vazirligi delegatsiyasi 16-25 fevral kunlari Yevropada bo‘lib, institutsional muloqot va maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Nashr mudofaa sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.
“Tomonlar o‘zaro anglashuv va o‘zaro ishonchni mustahkamlash maqsadida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashadilar”, deyiladi xabarda.
O‘zA