Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XXR qishda gipertovushli raketa sinovini amalga oshirgan, deb yozmoqda OAV
16:09 / 2023-04-14

Xitoy fevral oyida yangi gipertovushli DF-27 ballistik raketa sinovini amalga oshirgan. Sinovda raketa parvozi tezligini soatiga 10,5 ming kilometrgacha yetkaza olgan, deyiladi OAVning Pentagon oshkor qilgan hujjatlarga tayanib tarqatgan xabarlarida.

Harbiy razvedka DF-27 katta ehtimol bilan AQSHning raketaga qarshi mudofaasidan o‘ta olishini ta’kidlamoqda.  

“Dastlabki tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, gipertovushli raketa 12 daqiqa parvozda bo‘lgan va 2,1  ming kilometr masofani bosib o‘tgan”, – deb yozmoqda AQSH ommaviy axborot vositalari mazkur hujjatlarga tayanib.