French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XXR Kambodja va Tailand o‘rtasida vositachi bo‘lishga intilmoqda
14:12 / 2025-12-22

Xitoyning Osiyo ishlari bo‘yicha maxsus elchisi Sijun Kambodja va Tailand o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarning keskinligini kamaytirishga ko‘maklashish uchun Pnompenga tashrif buyurdi.

Kambodja Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin tomonlarni muloqotga qaytarish va chegara mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirish niyatida.

Xitoylik diplomatning tashrifi ko‘plab qurbonlar va milliondan ortiq kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilishiga sabab bo‘lgan jangovar harakatlar avj olayotgan bir paytda yuz berdi. Kambodja Tashqi ishlar vazirligi bayonotida XXR muzokaralarni osonlashtirishda “konstruktiv rol o‘ynashda davom etishi” va tomonlar o‘rtasida asosiy vositachi sifatida harakat qilishi ta’kidlangan.

S.Rahimov, O‘zA