XXR ilmiy nashrlar soni bo‘yicha AQSHni ortda qoldirdi
Xitoy ilmiy nashrlar va yutuqlar soni bo‘yicha Qo‘shma Shtatlarni ortda qoldirib, dunyodagi yetakchi o‘lkaga aylandi, deydi “Frontiers” ilmiy jurnali bosh muharriri Frederik Fenter “South China Morning Post” gazetasiga bergan intervyusida.
Ta’kidlanishicha, AQSH uzoq vaqtdan beri ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha yetakchi mamlakat bo‘lib kelgan, ammo nashrlar soni bo‘yicha amerikalik olimlar xitoylik hamkasblaridan ortda qolmoqda.
– 2024 yilga kelib XXRda taxminan 1,1 million ilmiy maqola bor edi, Qo‘shma Shtatlardagi nashrlar soni esa 880 mingtani tashkil etadi, - dedi Frederik Fenter. – Ayniqsa, energetika tadqiqotlarining qariyb 35 foizi Xitoyda olib boriladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xitoylik tadqiqotchilar keyingi avlod yadro energiyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.
S.Rahimov, O‘zA