XXR hukumati dunyoning barcha mamlakatidan investorlarni Xitoy bozorini o‘zlashtirishga chaqiradi. XXR Rivojlanish va islohotlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Chjao Chensin shunday chaqiriq bilan murojaat qildi, deb yozmoqda «Kazinform» agentligi.
Qo‘mita xorijiy investorlarni jalb qilish uchun Xitoy hukumati tomonidan rag‘batlantirilayotgan iqtisodiyotning yangi sohalari bo‘yicha katalogni ma’lum qildi.
Chjao Chensinning ta’kidlashicha, Xitoy e’lon qilgan katalogda qayd etilgan sohalarga joriy etiladigan xorijiy investitsiya loyihalari markaziy hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanadi.
Kutilishicha, sohaviy katalog bo‘yicha ro‘yxatga kiritilgan sohalar ichida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar hamda zamonaviy xizmatlar ham joy olgan.
Bundan tashqari, Xitoyning markaziy, g‘arbiy va shimoli-sharqiy hududlarida xorijiy investorlar amalga oshirayotgan loyihalar markaziy hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanadi.
«Xitoy yuqori darajada har tomonlama ochiqlikni og‘ishmay kengaytirib boradi va inklyuziv, mavozanatli va barcha uchun foydali bo‘lgan iqtisodiy globalizasiyaga erishadi», - deyiladi «China Daily» nashri e’lon qilgan xabarda.