XXR: Eron yadro masalasida diplomatiya zarur
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Guo Jiakun matbuot anjumanida Eronning yadro masalasiga faqat siyosiy va diplomatik yechim topish zarurligini ta’kidladi.
– Eron yadro masalasi Yaqin Sharqdagi tinchlik va xavfsizlik, shuningdek, xalqaro yadro tarqalishiga qarshi tizim bilan bevosita bog‘liq. Buni faqat diplomatik yo‘l bilan hal qilish to‘g‘ri yo‘l, – dedi Jiakun.

U barcha tomonlarni siyosiy muzokaralar yo‘nalishida harakat qilishga chaqirdi.
XXRning ushbu bayonoti Eron hamda Yevropaning Ye3 guruhi (Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya) joriy haftada Istanbulda yadro muzokaralarini qayta boshlashga kelishgan bir pallada yangradi.
Musulmon Ziyo, O‘zA