Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XXI asr yoshlarini XX asr g‘oyalari bilan boshqarib bo‘lmaydi...
10:06 / 2020-12-21

Xabaringiz bor, bir necha kundan buyon poytaxtimizda «Toshkent yoshlar forumi-2020” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirning ikkinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov spiker sifatida ishtirok etdi.

200 dan ortiq yoshlar ishtirok etgan bu uchrashuvda O.Hasanov bilan «Kelajak liderlari» mavzusida so‘z bordi. Unda lider aslida qanday bo‘lishi, yoshlar liderga aylanishi uchun nima qilishi kerakligi kabi muhim savollar yuzasidan suhbatlashildi.

Suhbat chog‘ida O.Hasanov «Yoshlar forumining maqsadi bitta — yoshlarning ishonchini qozonish. Bizga, Prezidentimizga yoshlarning ishonchi juda ham kerak. Oldin yoshlarni so‘z bilan ishontirish mumkin edi. Lekin hozir zamonaviy bilimga ega, AKTni biladigan yoshlarni ishontirib, yolg‘on va’dalar bilan aldab bo‘lmaydi», deya alohida ta’kidladi.

“XXI asr yoshlarini 20 asr g‘oyalari bilan boshqarib bo‘lmaydi. Bunday usulda boshqarmoqchi bo‘lganlar uzoqqa bormayapti. Hozirgi zamonga moslashishimiz kerak, moslashmasak bo‘lmaydi», deya ta’kidlab o‘tdi Otabek Hasanov.

Shuningdek, yoshlarga bugun davlat fuqarolik xizmatida bo‘layotgan o‘zgarishlar, davlat xizmatidagi vakant lavozimlarning bosqichma-bosqich ochiq mustaqil tanlovlar orqali, meritokratiya tamoyillari asosida eng munosib kadrlar bilan to‘ldirib borilayotgani haqida ma’lumot berildi.

 Tadbir amaliy jarayonlar bilan ham qizg‘in kechdi. Xususan, ishtirokchi yoshlarning ikki nafari shu yerning o‘zida vacancy.argos.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, hujjatlari vakant lavozim uchun elektron tarzda yuborildi.

Tadbir so‘nggida interaktiv savol-javobda faol qatnashgan hamda tadbir davomida munosib takliflar bergan yoshlarga «Liderlar kitobi» sovg‘a qilindi.

 

 

Mirzo Ulug‘bek Madalimov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi  

Axborot xizmati yetakchi inspektori