Toshkent shahridagi “Central Asian Expo Uzbekistan” (CAEx) ko‘rgazmalar markazida “XXI asr ilm-fani va biznesda ayollar: yutuqlar va muammolar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, mahalliy va xalqaro ekspertlar, olima va tadbirkor ayollar, ilmiy markazlar hamda davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ayollarning zamonaviy fan, tadbirkorlik va innovatsiyalardagi o‘rni, yutuqlari va ular duch kelayotgan muammolar batafsil muhokama qilindi.
Forum ishtirokchilari gender tengligini ta’minlash, ayollar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ilm-fan va biznesda ular uchun qulay ekotizim yaratish borasida tajriba va takliflar bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir xotin-qizlarning iqtisodiy va ilmiy faolligini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Forum ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova ishtirok etdi.
Nazokat Usmonova,
O‘zA muxbiri