Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XVJ: Yevropa global ishlab chiqarish darajasidan ortda qolmoqda
21:41 / 2025-04-26

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ya’ni, aholi qarishi, energiya narxi o‘sishi tufayli qit’a kompaniyalari global ishlab chiqarish darajasidan ortda qolmoqda.

– Yevropaning o‘rta muddatli o‘sish istiqboli biroz qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj, – deyilgan tashkilot bergan ma’lumotda. – Aholi qarmoqda. 2050 yilga borib YeI mamlakatlarining uchdan ikki qismida mehnatga layoqatli aholi soni qisqaradi. Yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi avtomobilsozlik hamda energetika sun’iy va boshqa xizmatlar keskin rivojlanishiga olib keladi.

Ta’kidlanganidek, mintaqada xususiy investitsiya va mahsuldorlik o‘sishi sekinlashgan.

Shuningdek, ortib borayotgan ehtiyojni qondirish uchun yo‘naltiriladigan davlat xarajati oshishi tezroq rivojlanish kerakligini taqozo etmoqda. Zero, XVJ ijtimoiy, mudofaa va iqlim bilan bog‘liq xarajat kelgusi 25 yil ichida rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning qariyb 5,75, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 8 foizini tashkil qilishi mumkin.