English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XVJ Ukraina uchun 8,1 milliard dollarlik navbatdagi kreditni tasdiqladi
19:05 / 2026-02-28

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Ukraina uchun to‘rt yilga mo‘ljallangan 8,1 milliard dollar miqdorida yangi kredit dasturini tasdiqladi.

- XVJ Ijroiya kengashi 5,9 milliard dollarlik maxsus qarz olish huquqi (taxminan 8,1 milliard dollar yoki kvotaning 295 foizi) uchun 48 oylik yangi kengaytirilgan mablag‘ mexanizmi (Extended Fund Facility)ni tasdiqladi, - deyilgan tashkilot rasmiy bayonotida.

- Ukrainaning to‘rt yil davomidagi umumiy tashqi moliyalashtirish ehtiyoji 136,5 milliard dollarni tashkil etadi. Moliyalashtirish donorlar ko‘magi va qarzni qayta tuzish amaliyotidan ozod qilingan mablag‘ orqali amalga oshiriladi. 2026-yildagi 52 milliard dollarlik tafovut esa Yevropa Ittifoqi mablag‘i, “Katta yettilik”ning tezkor daromad mexanizmi, ikki tomonlama ko‘mak va yaqinda tasdiqlangan XVJ tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur doirasidagi to‘lov hisobidan qoplanishi kutilyapti.

S.Rahimov, O‘zA