Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XVJ: global miqyosda moliyaviy inqiroz bo‘lmaydi
11:52 / 2022-03-14

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) hozircha Ukrainadagi voqealar va Rossiyaga joriy qilingan sanksiyalar tufayli global miqyosda moliyaviy inqiroz yuz berishiga sabab ko‘rmayapti, dedi XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva.

"Rossiya bilan bog‘liq banklarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu taxminan 120 milliard dollar. Arzimas raqam deyish noto‘g‘ridir, lekin tizimli ahamiyat kasb etmasligi aniq", – dedi u CBS telekanaliga intervyu bergan chog‘da.

Georgiyevaning qo‘shimcha qilishicha, XVJ  2022 yildagi o‘sish hisob-kitoblarini pasayish tomonga qayta ko‘rib chiqadi, biroq, uning aytishicha, bu "baribir ijobiy miqdor", mamlakatlar esa, xuddi AQSH kabi koronavirus pandemiyasi asoratlarini tezda bartaraf qila oldi, o‘sish sezilarli bo‘ladi.