XVJ AQSH milliy qarzi tez o‘sayotganidan xavotirda
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) AQSH milliy qarzi 2031-yilga kelib yalpi ichki mahsulotning 140 foiziga yetishini bashorat qilmoqda, deb yozgan "RIA Novosti" fond ma’lumotiga tayanib.
- Hozirgi yondashuvga ko‘ra, kamomad YAIMning 7-8 foizini tashkil qilmoqda, - deyilgan hujjatda. - Demak 2031-yilgacha davlat qarzi YAIMning 140 foiziga yetadi. Bu nafaqat AQSH, balki global iqtisodiyot barqarorligiga ham tahdid solishi mumkin.
Vaziyatni o‘nglash uchun Qo‘shma Shtatlar aniq va maqsadli rejaga muhtoj. G‘aznachilik departamenti 24-fevral kuni e’lon qilgan ma’lumotda AQSH milliy qarzi 37,787 trillion dollarga yetgani, bir yil oldin ushbu ko‘rsatkich 36,219 trillion dollar bo‘lgani aks etgan.
S.Rahimov, O‘zA