Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XVJ 2020-yil Qozogʻistonda YAIM hajmi necha foizga pasayishini maʼlum qildi
18:35 / 2020-06-25

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi 2020-yilda Qozogʻistonda YAIM koʻrsatkichlari 2,7 foizga pasayishini taʼkidlamoqda.


Xalqaro valyuta jamgʻarmasi 2020-yilda Qozogʻistonda YAIM koʻrsatkichlari 2,7 foizga pasayishini taʼkidlamoqda.

“XVJning iyun oyi hisobotida keltirilishicha, 2020-yilda Qozogʻistonning haqiqiy YAIM koʻrsatkichi 2,7 foizga qisqaradi. Biroq 2021-yilda 3 foizga oʻsishi kutilmoqda”, deyiladi maʼruzada.

Bundan bir oy avval mamlakatda YAIMning pasayishi joriy yilda 2,5 foiz, kelasi yildagi oʻsish 4,1 foizni tashkil etishi aytilgan edi.

Hisobotda taʼkidlanishicha, hisob-kitobga koʻra jahon iqtisodiyoti bu yil 4,9 foizga (avval 3 foiz deyilgandi) qisqaradi. Shu bilan birga 2021-yilda oʻsish 5,8 foizni emas, balki 5,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

“Aprel oyida eʼlon qilingan ”Jahon iqtisodiyoti rivojining istiqbollari“ deb nomlangan maʼruzada 2020-yilda chuqur tushkunlik va 2021-yilda sekin tiklanishga guvoh boʻlishimiz aytilgan. Jahon ishlab chiqarish koʻrsatkichlari 2020-yilda 4,9 foizga qisqaradi. Ushbu hisob-kitob krizis natijasida jahon iqtisodiyotining ikki yilda (2020–2021) koʻradigan 12 trillion dollar miqdoridagi zararini nazarda tutmoqda. Taʼkidlash joizki, ushbu krizis boshqa barcha krizislardan farq qiladi va undan keyin tiklanish jarayoni ham boshqalariga oʻxshamaydi”, – deyiladi XVJ hisobotida.

Bundan avval ham Osiyo taraqqiyot banki Qozogʻiston iqtisodiyotining oʻsishini salbiy tomonga baholagan edi. Bundan tashqari, Qozogʻiston milliy iqtisodiyoti vaziri Ruslan Dalenov hozirgi iqtisodiy sharoitda respublika YAIMi 2020-yilda 0,9 foizga tushishini maʼlum qilgan.