Xayyom Toshqulovich MIRZAYEV Dotsent filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston e-mail: umarixayyom@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada ⅩⅤ–ⅩⅤI asrlarda yaratilgan aruz ilmiga doir risolalarning o‘xshash va farqli jihatlari o‘rganilgan. Tadqiqot obekti sifatida mazkur davrning muhim ikki nazariy asari – Abdurahmon Jomiyning “Risolai aruz” va Xoja Hasan Nisoriyning “Chahor gulzor” nomli asarlari tanlangan. Xoja Hasan Nisoriyning aruz vazni haqidagi qarashlari ⅩⅤ asr aruzshunoslari Abdurahmon Jomiy va ba’zi o‘rinlarda Sayfiy Buxoriy qarashlari bilan qiyoslangan. Muqoyasa va tahlillar natijasida “Risolai aruz” asarining “Chahor gulzor” asari uchun muhim sarchashma vazifasini o‘taganligi aniqlangan hamda Nisoriyning Jomiy qarashlariga ergashganligi asoslangan.
Tayanch so‘zlar: she’r, vazn, aruz, rukn, zihof, bahr, fors-tojik aruzshunosligi, ⅩⅤ–ⅩⅤI asrlar adabiy muhiti.