French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiylashtirilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar endilikda DXM va YAIDXP orqali beriladi
10:16 / 2023-03-29

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab ko‘chmas mulk ob’ektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi order va sertifikat Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali QR-kod qo‘yilgan holda beriladi.

Onlayn auksion savdolarida davlat mulki ob’ektlarini sotib olgan xaridorlar bilan shartnomalar savdo natijasi bo‘yicha bayonnoma asosida “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron shaklda (shu jumladan, elektron raqamli imzo orqali) rasmiylashtiriladi.  

Shuningdek, har chorakda tegishli vazirlik va idoralar xodimlarining joyiga chiqqan holda investitsiya majburiyatlarining bajarilishini oraliq monitoring qilish tartibi bekor qilindi. Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni qog‘oz shaklida taqdim etish tartibi bekor qilinib, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini «Davlat mulki» axborot tizimiga integratsiya qilish tadbirkorlar elektron tizimga kiritadigan ma’lumotlar orqali hisobotlarni olish yo‘lga qo‘yiladi.  

Bu talablar davlatimiz rahbarining joriy yil 24 martda imzolagan «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilandi.  

 

O‘zA