Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiy tibbiyot texnikumi ish boshladi
00:22 / 2024-05-25

Davlatimiz rahbarining xususiy ta’lim muassasalariga bo‘lgan e’tibori, tadbirkor va ishbilarmonlarga bergan imtiyozlari sabab, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tibbiyot yo‘nalishida ta’lim beradigan birinchi xususiy tibbiyot texnikumi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur ta’lim dargohi 2024 yil 28 fevralda Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, unga maxsus litsenziya berildi. Shundan so‘ng, uch nafar tadbirkor – Ibodulla Habibov, Behzod Boboxonov va Shohruh Izzatullayev tomonidan ta’lim dargohi talabalar o‘qishi uchun moslashtirildi. 18 ta kabinet zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. 

Ayni vaqtda mazkur ta’lim dargohida 150 nafar talaba hamshiralik, feldsherlik ishi bo‘yicha tahsil oladi. O‘quv jarayoni ikki- uch yillik bo‘lib, mazkur ta’lim dargohini bitirgan yoshlarga diplom bilan birga, logoped, bolalar massajchisi va kompyuter savodxonligi bo‘yicha 3 ta sertifikat beriladi. Bu esa, ularga Rossiya, Germaniya, Angliya va Yaponiya davlatlarida ishlash huquqini beradi. 

Mazkur ta’lim dargohining ochilishida nafaqat soha xodimlari, sirdaryolik faollar ishtirok etib, Guliston tibbiyot texnikumi, uning kelgusi istiqboli to‘g‘risida so‘z yuritib, texnikum jamoasiga o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashda muvaffaqiyatlar tiladi. 

Shuhrat Suyarov, O‘zA muxbiri