Xususiy tibbiyot muassasalari ham bepul tibbiy xizmat ko‘rsatadi...
Bunda bo‘shagan mablag‘lar, shu jumladan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2017 yil 1 apreldagi qaroriga muvofiq xususiy tibbiyot muassasalari 2022 yilning 1 yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilgan.
Bunda bo‘shagan mablag‘lar, shu jumladan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan bepul tibbiy xizmatlardan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) foydalanish uchun shaxsni va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansublikni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi (masalan, I guruh nogironligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma) asos bo‘ladi.
Bepul tibbiy xizmatlarning turlari va hajmi xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Bunda bepul tibbiy xizmatlar hajmi va sarflanadigan mablag‘lar miqdori soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida haqiqatda bo‘shagan jami mablag‘larning 25 foizidan kam bo‘lmasligi lozim (masalan, imtiyoz natijasida 100 mln. so‘m mablag‘ qolsa, shuning 25 mln. so‘mi bepul xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadi).
Bepul tibbiy xizmat olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytidagi maxsus elektron bazaga murojaat yuborish (bunda murojaatlar murojaat etuvchilarning navbati ko‘rsatilgan holda onlayn tizimga kiritib boriladi) yoki xususiy tibbiyot muassasalariga bevosita murojaat qilish mumkin.
Tibbiy xizmatlar oyma-oy taqsimot asosida navbat bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilishi rejalashtirilgan bepul tibbiy xizmatlar yillik hajmining oyma-oy taqsimoti muassasaga kirish yoki mijozlar uchun ko‘rinadigan joyda joylashtirilishi lozim.