Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiy sektorda yiliga 200 mingta bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘lmoqda
16:21 / 2023-05-15

Prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashda yangi bosqichga o‘tish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilganidek, har yili 100 mingta zamonaviy korxona ishga tushmoqda. Ularga 300-400 ming malakali mutaxassis kerak. Shuningdek, xususiy sektorda yiliga 200 mingta bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘lmoqda.

Lekin kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum va monomarkazlarda buncha malakali mutaxassisni tayyorlashga salohiyati hali yetarli emas.  

Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga ko‘paydi. Bu bitta tumanda 2,5 mingdan ortiq yoki bir mahallada 50 nafardan tadbirkorlar sinfi shakllandi degani.

Prezident joylarda tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik qilinib, ular qo‘llab-quvvatlansa, tumanda, mahallada bandlik masalasini hal qilish uchun imkoniyatlar yanada ko‘payishini ta’kidladi.

 

O‘zA