Yaqinda Toshkent shahar prokuraturasi, sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va nodavlat tibbiyot tashkilotlari rahbar va xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tibbiyot sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish, uning rivojlanishiga ko‘maklashish, soliq, bank va kommunal idoralar bilan bog‘liq muammolarni birgalikda hal qilish hamda faoliyatga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ochiq muloqot shaklida fikrlar almashildi.
Uchrashuv davomida xususiy tibbiyot muassasalari rahbarlari tibbiy xizmatlar qismida bo‘shaydigan mablag‘lari

Prezidentimizning tegishli qarorlari bilan barcha turdagi soliqlardan ozod etilgani, endilikda ushbu mablag‘larning ma’lum bir qismini aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun maqsadli yo‘naltirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
O‘z navbatida, Toshkent shahrida 2023 yil davomida tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lgan bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumot shakllantirildi. Mazkur ro‘yxatga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun taklif etildi.
Hozirgi kunda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ushbu bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlangan.
Uchrashuv yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.
O‘zA