French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiy mulk egasining vafotidan keyin undan qolgan mol-mulk taqdiri...
09:43 / 2022-06-29

Xususiy mulk egasining vafotidan keyin undan qolgan mol-mulk taqdirini belgilash, uni kimning egaligiga berish masalasi turli yo‘llar bilan hal qilib kelingan, nizo kelib chiqqan taqdirda esa oxirgi nuqtani sud qo‘ygan.

Qadimda birgina yer uchastkasi, uy-joy, ro‘zg‘or buyumlari, ish quroli va chorva mollariga nisbatan xususiy mulkchilik mavjud bo‘lib, shaxsning vafotidan keyin ushbu mol-mulklar urf-odat bo‘yicha marhumning farzandlari egaligiga o‘tgan. Shuningdek, ayrim majburiyat huquqlari, masalan, marhum hayotligida olgan qarzini qaytarish ham farzandlar zimmasiga qo‘yilgan.

Qadimda marhumning mulki taqdiri, xususan meros masalasi asosan shariat qoidalariga ko‘ra hal qilingan.

Sobiq Ittifoq davrida amalda bo‘lgan qonunchilikda meros mulki masalasida bir qator normalar bo‘lgan, o‘sha davr jamiyatining iqtisodiy negizini davlat mulki tashkil etgan, fuqarolar amalda deyarli arzirli xususiy mulkka ega bo‘lmaganligi sababli ushbu qonun normalariga kamdan-kam murojaat qilingan.

Mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi Konstitutsiyamizda kafolatlangan, boshqa qonunchiliklarimizda mustahkamlangan.

Mulkdorlar sinfi vujudga kelishi bilan bir vaqtda mavjud mulkning avloddan-avlodga o‘tishini huquqiy tartibga solish zarurati tug‘ildi.

1997 yil 1 martdan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5 bo‘limida mulk egasining vafotidan keyin barcha mol-mulki uning vorislariga o‘tishiga doir qonun normalari mustahkamlandi.

Vorislik huquqi bilan bog‘liq qonun normalarining sudlar tomonidan amalda to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida 2011 yil 20 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining «Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida»gi 5-sonli qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida mulkdorning o‘z mulkiga o‘z xohishicha egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish huquqi mustahkamlangan.

Mulkdor o‘zining yuqorida qayd etilgan mulkka nisbatan barcha huquqlaridan hayotlik chog‘ida bevosita foydalanadi. Shuningdek, o‘zi hayotlik chog‘ida o‘z mulkining vafotidan keyingi taqdirini vasiyatnoma qoldirish orqali oldindan belgilaydi.

Amaldagi qonun normalarida, mulk egasining vafotidan keyin barcha mol-mulki uning vorislariga qonun bo‘yicha va vasiyatnoma bo‘yicha o‘tishi belgilab qo‘yilgan. Vasiyatnoma qoldirilmagan hollarda ayni bir mulkni merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlash bilan bog‘liq nizolar kelib chiqishi tabiiy.

Meros bilan bog‘liq nizolar, asosan, qon-qarindosh bo‘lgan ota (ona) va farzandlar, aka-uka, opa-singil vorislar o‘rtasida yuzaga keladi va bunga asosan ularning amaldagi qonun normalarini bilmasligi, biri boshqasining huquqini tan olmasligi sabab bo‘ladi.

Meros mulkini taqsimlashda vorislar o‘zaro kelishganlari eng maqbul yechim hisoblanadi. Chunki nizolashish (sud tomonidan qonuniy yechim topilgan taqdirda ham) vorislar o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlik munosabatlariga, mehr-oqibatga putur yetkazadi.

Jamiyatimiz insonlar o‘rtasida sog‘lom munosabatlar qaror topishi, o‘zaro munosabatlari yaxshi bo‘lishidan manfaatdordir. Sog‘lom munosabat, sog‘lom oilalar jamiyat negizini tashkil etadi.

M.Umarova, Fuqarolik ishlari bo‘yicha 

Rishton Tumanlararo sudi sudyasi