Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiy mulk daxlsiz va sud himoyasida
19:34 / 2023-09-14

Iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda, xalq faravonligini ta’minlashda xususiy mulkning o‘rni juda katta.

Keyingi yillarda mamlakatimizda mulkiy huquqlarni noqonuniy tajovuzlardan himoya qilish, mulkdor huquqlarini ta’minlash yuzasidan izchil islohotlar amalga oshirildi.  

Yangilangan Konstitutsiyaning 65 - moddasida fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi qayd etilgan. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi.  

Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol -mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.

Xususiy mulkning daxlsizligi Konstitutsiyada e’tirof etilganligi aholining turmush farovonligini oshirishda, mulkchilik shakllari va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Amaliyotda sudlar fuqarolar va tadbirkorlarning xususiy mulk bilan bog‘liq huquqlari himoyalanishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Sud jarayonlarida bu amalga ta’minlanishi bilan bir qatorda aholining bu boradagi huquqiy bilimini oshirish yuzasidan ham targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.  

Xususiy mulkdan sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi odamlarning, tadbirkorlik sub’ektlarining erkin yashash va faoliyat yuritishiga zamin yaratayotgani shubhasiz.  

Bu esa iqtisodiyotimizning yanada rivojlanishiga, investorlarni jalb etadigan jozibador ishbilarmonlik muhitini  qaror topishiga ham xizmat qiladi.  

R.Qosimov,

Farg‘ona viloyati sudi sudyasi.

O‘zA