Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiy maktabda ikkita xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatilmoqda
09:43 / 2023-03-12

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida ikkita til va bitta kasbga yo‘naltirilgan “Sadikov Private School” xususiy maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Sherzod Ashurov hamda fransiyalik mehmonlar,  Fransiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari qatnashdi. 

“Sadikov Education” o‘quv markazi negizida tashkil etilgan xususiy maktabning o‘tgan yilgi natijalariga ko‘ra, 119 nafar abituriyentdan 111 nafari talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan. Maktabda 22 nafar oliy toifali pedagog o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozirda “Sadikov Private School” xususiy maktabida jami 100 nafardan ortiq o‘quvchilar tahsil olmoqda. Xususiy maktabda 1-sinfdan 11-sinfgacha o‘quvchilar tahsil oladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga fransuz va ingliz tillari o‘rgatiladi. Shuningdek, yoshlarning xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda kasb-hunar sirlari ham o‘rgatiladi.  

Zarif Komilov, O‘zA