Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xusrav NOZIRIY: Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mintaqa va Afg‘oniston bilan har tomonlama hamkorlikka tayyor
12:54 / 2022-07-26

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriy poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasida, jumladan, “xalqaro hamjamiyat gumanitar vaziyatni yaxshilash va inson huquqini ta’minlashda Afg‘onistonga har tomonlama yordam berishda davom etishi zarur”ligini ta’kidladi:

– IHT Afg‘onistonda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik tiklanishni mamlakatdagi taraqqiyot va ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish jarayonini qo‘llab-quvvatlashning asosiy sharti, deb biladi. Bu omillar mintaqaviy aloqa, investitsiyaviy faollik va mamlakatlararo savdoni rivojlantiradi.

– Afg‘onistonda mintaqaviy loyihalarni yo‘lga qo‘yish iqtisodiy hamkorlikning salmoqli qismini tashkil etadi. Ayniqsa, Markaziy Osiyoning ulkan salohiyatidan kelib chiqib, transport va tranzit loyihalarini, birinchi navbatda, “Transafg‘on” temir yo‘li qurilishini amalga oshirish muhim.

IHT Afg‘oniston bilan keng qamrovli hamkorlik qilish, bu jarayonda tuzilma mablag‘idan mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga hissa qo‘shadigan yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirishda foydalanilishiga qarshi emas. Hozir muammolarga jiddiyroq qarash, amaliy yechimlar topish, butun dunyo hamjamiyati birlashgan holda muhim chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurati kuchli.

Xusrav Noziriy, shuningdek, barcha manfaatdor tomonlarni Afg‘onistonning barqaror rivojlanishi yo‘lidagi sa’y-harakatni izchil davom ettirishga, bu borada tegishli takliflar ishlab chiqishga chaqirdi.

 

B.Xudoyberdiyev,
U.Mahmirzayev,
N.Haydarov (surat), O‘zA