Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xusiylarning AQSH bilan ziddiyati tugamayapti
19:05 / 2025-04-03

Qizil dengizda yuk kemalariga qarata va Isroilga qarshi uyushtirilayotgan hujumlar xusiylarning salohiyatini mustahkamlamoqda, chunki bu harakat hali mag‘lubiyatga uchramagan, Eron tomonidan qo‘llab-qo‘vvatlanayotgani ta’kidlab kelinadigan so‘nggi guruh hisoblanadi. Qolaversa, jo‘g‘rofiy ustunlik, ya’ni kattagina hudud ham ularning o‘zlariga ishonchini oshirmoqda.

Xusiylar yillar davomida to‘plangan raketa va dronlarni g‘orlarga yoki yer osti inshootlariga joylashtirgan, qurol va raketa uchiradigan qurilmalarni yig‘ish tizimini yaratgan.

AQSH zarbalari tufayli Yamanda yuzlab begunoh aholi vakillari qurbon bo‘lyapti, ko‘pchilik yaralanyapti, fuqarolik infratuzilmasi vayron bo‘lyapti. Natijada xalq xusiylarni qattiq qo‘llab-quvvatlab, AQSHga nisbatan g‘azabini oshkor qilmoqda. Tahlilchilar ham, rasmiylar ham xusiylarni avia zarbalar bilan mag‘lub etish u yoqda tursin, hatto tiyib turishning ham imkoni yo‘qligini takrorlaydi.