Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xusiylar Isroil yadroviy markaziga hujum qildi
11:21 / 2025-09-09

Yaman shimolini boshqarayotgan harbiy-siyosiy “Ansor Alloh” (xusiylar) harakati ilk bor Isroil janubidagi Dimon shahri yaqinida joylashgan yadroviy tadqiqot markaziga hujum uyushtirilganini e’lon qildi.

- Yaman Harbiy-havo kuchlari ketma-ket ikkinchi kun uchta dron yordamida bosib olingan Falastin hududida yuqori sifatli harbiy amaliyot o‘tkazdi, - deya xabar tarqatgan xusiylar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O‘z navbatida, Isroil tomonidan shu hududdan tahdid ishorasi berilgani ham ayni ma’lumotni tasdiqlayotgandek. — Dimondagi yadroviy markaz yaqinida dushman uchuvchisiz uchoqlari kirib kelishi xavfida ogohlantiruvchi bong yangragani eshitildi, — deya xabar tarqatdi Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati. — Shu sababli Negev janubida sirena ovozi chiqdi. Tafsilotlarga aniqlik kiritilmoqda. "Seva Adom” hujumdan ogohlantirish tizimi taxminiga ko‘ra, signal o‘sha hududda ishga tushirilgan.

Xusiylar va Isroil armiyasi G‘azo sektorida harbiy amaliyot boshlangandan beri muntazam ravishda bir-birining nishonlariga hujum qilib kelmoqda.

S.Rahimov, O‘zA