Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xushxabarlar davom etadi: Buxoro viloyatidan bir yoʻla 50 nafar bemor toʻliq sogʻaydi
16:35 / 2020-04-26

Bugun Buxoro viloyatidan bir yoʻla 50 nafar bemor toʻliq sogʻaydi.


Bugun Buxoro viloyatidan bir yoʻla 50 nafar bemor toʻliq sogʻaydi. Bemorlarning 23 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan, 27 nafari esa viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazidan chiqishdi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi dan xabar berishlaricha, shifo topganlarning 44 nafari Rossiyadan, 6 nafari esa Turkiyadan charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ixtisoslashgan shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 43 nafari erkak, 7 nafari ayol. Bemorlarning 9 nafari Samarqand viloyatidan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan 8 nafardan, 5 nafari Andijon viloyatidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Namangan viloyatidan 4 nafardan, 3 nafar Toshkent shahridan boʻlsa, Xorazm, Fargʻona va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 5 yoshli qizaloq.

Buxoro viloyati boʻyicha shu paytga qadar 210 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 260 nafarga yetdi. Yurtimizda bemorlarning sogʻayib chiqishi boʻyicha Toshkent shahridan keyin eng yuqori koʻrsatkich Buxoro viloyatidan qayd etilmoqda.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar 757 nafarni tashkil etmoqda.